Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AOKA direktori OAV va blogerlarni ogohlantirdi

AOKA direktori OAV va blogerlarni ogohlantirdi

Asadjon Xodjayev

Foto: AOKA matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev jurnalist va blogerlarni taqiqlangan axborotlarni tarqatish javobgarlik keltirib chiqarishidan ogohlantirdi.
 
Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi turli xil foto va video materiallar faol ravishda tarqatilmoqda. Bunday materiallarni tarqatish — qonunga muvofiq taqiqlangan. Lekin ayrim fuqarolarimiz ushbu fotosuratlar va videofilmlarni o‘z guruhlarida yoki sahifalarida joylashtirib, boshqa ko‘plab o‘quvchilarga ushbu materialni ko‘rish imkoniyatini yaratib bermoqdalar. Ba’zan esa bu materiallar ommaviy axborot vositalari tomonidan ham e’lon qilinayotgani kuzatilmoqda.
 
Bunday holatda fuqarolarimiz o‘zlari bilmagan holda, qonun bilan taqiqlangan ma’lumotlarni tarqatishning bilvosita ishtirokchisiga aylanishi va taqiqlangan ma’lumotlarning tarqalishi uchun javobgar bo‘lib qolishlari mumkin. Shu bois ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va bloggerlardan bunday nozik masalalarga javob berishda alohida e’tibor qaratishni va muhokamalarda provokatsiyaga berilmaslikni so‘rayman.
 
 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring