Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

APL 2018/19: Chempionatni «MYu» va «Lester» ochib berdi

APL 2018/19: Chempionatni «MYu» va «Lester» ochib berdi

Foto: «Daily Express»

O‘yinning ikkinchi daqiqasida «Lester» yarim himoyachisi Daniel Amarti «MYu» hujumchisi Aleksis Sanchesning zarbasini qo‘li bilan to‘xtatib qoldi. Bosh hakam Andre Marriner mehmonlar darvozasi tomon belgilangan penaltini Pol Pogba golga aylantirdi. Ikkinchi gol esa Lyuk Shou tomonidan 83-daqiqada kiritildi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda Jeymi Vardi mezbonlar darvozasini aniq nishonga olib o‘yinga nuqta qo‘ydi. Yakuniy hisob — 2:1.

Ikkinchi turda «Manchester Yunayted» safarda 19-avgust sanasida «Brayton end Xouv Albion»ga qarshi o‘ynaydi, «Lester» esa 18-avgust kuni o‘z uyida «Vulverhempton»ni qabul qiladi.

Angliya premer-ligasi. 1-tur. 2018-yil 10-avgust

«Manchester Yunayted» — «Lester Siti» — 2:1.

Gollar:

1:0 — Pogba — 3 (pen), 2:0 — Shou — 83, 2:1 — Vardi — 90+2

Birinchi turning qolgan o‘yinlari:

11-avgust

«Nyukasl Yunayted» — «Tottenhem Hotspur»

«Bornmut» — «Kardiff Siti»

«Fulhem» — «Kristal Pelas»

«Haddersfild Taun» — «Chelsi»

«Uotford — «Brayton end Houv Albion»

«Vulverhempton» — «Everton»

12-avgust

«Liverpul» — «Vest Hem Yunayted»

«Sautgempton» — «Byornli»

«Arsenal» — «Manchester Siti».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring