Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Marsdan xabar: NASA uchirgan zond «qizil sayyora»ga borib qo‘ndi

Marsdan xabar: NASA uchirgan zond «qizil sayyora»ga borib qo‘ndi

Foto: «ESO/M. Kornmesser/wikipedia.orgCC BY 4.0»

NASA xabar berishicha, kecha, 26-noyabr kuni «InSight» tadqiqot qurilmasi Mars sayyorasiga muvaffaqiyatli qo‘ngan.

«InSight» dasturi (Interior Exploration using Seismic Investigations, Geodesy and Heat Transport) Mars zaminining ichki tuzilishi va undagi jarayonlarni o‘rganishga xizmat qiladi.

Zond 2018-yilning may oyida Kaliforniyadagi «Vandenberg» harbiy-havo bazasidan «Atlas V» raketa-tashuvchisi yordamida uchirilgan edi. Marsga parvoz qariyb yetti oy davom etdi: zond 458 million kilometr masofani uchib o‘tdi.

«InSight» Marsdagi Elizey yassi tog‘lariga qo‘ngani ma’lum qilgan. NASA zond o‘z quyosh batareyalarini taxtlab, Yerga ilk fotosuratni yuborganini ma’lum qildi. Kerakli hozirlikdan so‘ng qurilma o‘zining asosiy ishi: Marsni o‘rganishga kirishadi, Yer hisobida buning uchun ikki yil ajratilgan.

Shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, «InSight» statsionar apparat, u joyidan qo‘zg‘almaydi. To ishini tamomlagunicha o‘sha qo‘ngan joyida muhim turadi. Ammo 2021-yilning fevral oyida Marsda yuruvchi qurilma paydo bo‘ladi. 2020 yilning iyul oyida uchirish rejalashtirilgan bu roverni yig‘ish ishlari «Mars 2020» dasturi asosida davom etyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring