Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Birinchi marta: yangi ayfon taqdimoti «YouTube»da namoyish etiladi

Birinchi marta: yangi ayfon taqdimoti «YouTube»da namoyish etiladi

Foto: «YouTube»

«Apple» kompaniyasi yangi — «iPhone 11» smartfoni taqdimotini «YouTube» orqali namoyish etmoqchi. «YouTube»da translyasiya sahifasi paydo bo‘ldi.

Yangi ayfon taqdimoti ertaga, 10 sentyabr kuni kechki paytga mo‘ljallangan.

Aytish kerakki, kompaniya taqdimot uchun ilk marotaba «YouTube»dan foydalanmoqda, ilgari odatda tadbir rasmiy saytda va maxsus ilova orqali  yoritilardi.

2018-yilda, «iPhone XS» taqdimotida «Twitter»dan ham foydalanilgandi. Endi kompaniya dunyodagi eng yirik videoplatforma kuchini sinab ko‘rmoqchi. Albatta, translyasiya bir paytning o‘zida rasmiy saytda ham davom ettiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring