Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» va «Samsung» yana sudda uchrashdi

«Apple» va «Samsung» yana sudda uchrashdi

Foto: MacDigger

«Apple» va «Samsung» 2012-yil 14-maydagi ish bo‘yicha sudda uchrashdi. O‘shanda Amerika kompaniyasi «iPhone» dizaynini o‘g‘irlaganlikda ayblab raqobatchisini sudga bergandi, deb xabar beradi «BBC».

«Apple» moliyaviy kompensatsiya olishni istaydi. 2012-yili ular moliyaviy zararni qariyb milliard dollarga baholashgandi, 2013-yili bu talabni 290 million dollarga tushirishdi. Qizig‘i, sud «Samsung»ning aybini isbotlab bera olmadi. Kompaniya dizaynning faqatgina bir elementi o‘xshashligini, qurilmaning qolgan qismlari original ekani bilan o‘zini oqlagan.

Sudlashuvlar 2016-yilgacha davom etgan. Endi 2018-yilning mayida «Apple» yana da’vo bilan chiqdi.  Stenford universiteti professori so‘zlariga ko‘ra, kompaniya kompensatsiya sifatida olishi mumkin bo‘lganidan ham ko‘proq pulni yuristlarga sarflamoqda. U bu ish haliyam yopilmaganidan hayronligini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring