Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» yana bir kompaniyani «yutib yubordi»

«Apple» yana bir kompaniyani «yutib yubordi»

Foto: «NV.ua»

Amerikaning «Apple» kompaniyasi elektron nashrlarga obuna bo‘lish xizmatini taqdim etadigan «Textura» kompaniyasini sotib oldi. Bu haqda «Apple»ning katta vitse-prezidenti Eddi Kyu ma’lum qildi, deb xabar beradi «NV.ua».

«Biz ishonchli manbalar orqali xabar beradigan sifatli jurnalistikani qo‘llab-quvvatlagan holda jurnallarga o‘z obunachilari uchun keyinchalik ham maqolalar berib borishini ta’minlaymiz», — deydi Kyu.

Ta’kidlanishicha, dastur foydalanuvchilari oyiga 10 dollar to‘lab «People», «New Yorker», «Vanity Fair», «National Geographic» va «Vogue» kabi jurnallardan cheklanmagan miqdorda foydalanishlari mumkin.

Shunga qaramay, bitim qanchaga imzolangani ma’lum qilinmadi. Avvalroq, kompaniya 130 million dollarga yaqin mablag‘ni jalb qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring