Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Apple» yana yutqazdi va endi salkam 1 mlrd kompensatsiya to‘lashi kerak

«Apple» yana yutqazdi va endi salkam 1 mlrd kompensatsiya to‘lashi kerak

Foto: «MacDigger»

«Apple» kompaniyasi hamda «VirnetX» patent troli o‘rtasidagi ko‘p yillik sud jarayonining oxiri ko‘rinib qoldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Texas sudi «Apple»ga patent qoidalarini buzganlik uchun «VirnetX»ga 502,6 million dollar miqdorida kompensatsiya to‘lash majburiyati to‘g‘risida qaror qabul qilgan, deb xabar beradi «ITC.ua».

«Apple» va «VirnetX» o‘rtasidagi patent qarama-qarshiligi sakkiz yil oldin boshlangan. Da’vogar tomonning ta’kidlashicha, «Apple» o‘zining «Facetime» hamda «iMessage» dasturlarida qo‘llaydigan ma’lumotlar himoyasi «VirnetX»ga tegishli. Mazkur ish doirasida ko‘plab sud da’volari va apellyasiyalar ko‘rib chiqildi. Ushbu bahsda so‘nggi qaror o‘tgan yilning oktyabrida qabul qilingan — o‘shanda sud «Apple»ni aybdor deb topgan va unga 439,7 million dollar kompensatsiya to‘lash majburiyatini qo‘ygandi.

Sudning yangi qarori ikki kompaniya o‘rtasida chalkashib ketgan ishning boshqa bir da’vosiga tegishli. Shunday qilib, yangi qarorga ko‘ra «Apple» umumiy miqdorda «VirnetX»ga 942 million dollar to‘lashi kerak. Ammo shunga qaramay, bu ishga nuqta qo‘yib bo‘lmaydi. AQSh sud tizimiga ko‘ra, kompaniyalar o‘zaro yillab sudlashishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring