Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh ikkita superqudratli aviabombani sinovdan o‘tkazdi (video)

AQSh ikkita superqudratli aviabombani sinovdan o‘tkazdi (video)

Foto: «YouTube»

Bugun, 17-may kuni AQSh harbiy-havo kuchlari ikkita ulkan  «GBU-57» aviabombasini sinovdan o‘tkazgani haqidagi video «YouTube»dagi «Ultimate Military Channel» kanalida paydo bo‘ldi.

Bombalar «B-2 Spirit» bombardimonchi samolyotidan tashlangan. Videoda ikkita bomba ketma-ket tashlangani va nishonga aniq tushib, bir necha soniyadan so‘ng portlagani aks etgan.

«GBU-57» turkumiga kiruvchi snaryadlar eng qudratlilaridan sanaladi. Ular yerga 61 metrgacha chuqurlikda kirib ketishi, 19 metr qalinlikdagi temir-betonni yorib o‘tishi mumkin. Har bir bombaning og‘irligi — 13,6 tonna.

Bunkerlarga qarshi ishlatiluvchi «GBU-57» aviabombalari 2007-yili ishlab chiqarilgan. Ular Eron va KXDRning yer osti harbiy istehkomlari va ob’yektlarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring