Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda ishlagan mutaxassis Sirdaryo viloyati hokimi maslahatchisi etib tayinlandi

AQShda ishlagan mutaxassis Sirdaryo viloyati hokimi maslahatchisi etib tayinlandi

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Isaqulov Shohruh Norqulovich Sirdaryo viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Sirdaryo viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Isaqulov Shohruh 1991-yil 1-martda Guliston shahrida tug‘ilgan. 2011-yil Amerika Qo‘shma Shtatlari Kanzas Shtati “Nyuman" universiteti (Newman University), 2014- yil Amerika Qo‘shma Shtatlari Kanzas Shtati "Frends" universiteti (Friends University)ni tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan turli nufuzli kompaniyalarda ma’sul lavozimlarda ishlagan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Illinoys Shtati “Prays Voterxaus Kupers soliq, audit va konsalting kompaniyasi” (PricewaterhouseCoopers, Audit and Assurance, Consulting and Tax services) audit va konsalting bo‘limining bosh auditori va konsultant-maslahatchisi, Amerika Qo‘shma Shtatlari Illinoys Shtati “KPMJ soliq, audit va konsalting kompaniyasi” (KPMG Tax, Auditing, and Consulting Company) audit va konsultantlik bo‘limining bosh auditori va konsultant-maslahatchisi lavozimida ishlagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring