Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh korporatsiyasida ishlagan vatandoshimiz Moliya vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

AQSh korporatsiyasida ishlagan vatandoshimiz Moliya vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Foto: Moliya vazirligi matbuot xizmati

G‘olib Xoljigitov Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining direktori — Moliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

G‘olib Xoljigitov 2001-yilda Shimoliy Arizona universiteti (AQSh), 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va 2012-yilda Harvard universitetlarini (AQSh) tamomlagan.

Moliya vazirligida ish faoliyatini 2001-yilda boshlagan. 2004-2011-yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish ekspert guruhi rahbari, Markaz direktori vazifasini bajaruvchi va Markaz direktori bo‘lgan.

2016-2018-yillarda «UBS Global Wealth Management» korporatsiyasining xususiy kapital va moliyaviy texnologiyalarni boshqarish masalasida avtomatlashtirish va robotlashtirish xizmatlarini joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri (AQSh) bo‘lib ishlagan.

Hozirgi kungacha u «Bank of America Merril Lynch» korporatsiyasining moliyaviy texnologiyalar masalalari bo‘yicha loyihalar menejeri (AQSh) lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring