Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashadi

AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashadi

AQShning Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha savdo vakili yordamchisi Mark Linskott (o‘ngdan birinchi)

Foto: Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Shu yilning 14-dekabr kuni tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev AQShning Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha savdo vakili yordamchisi Mark Linskott bilan uchrashdi. Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Amerika tomoni O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi jarayonidagi texnik masalalarni hal etishda ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qildi. Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonning Tarifli preferensiyalar va intellektual mulkni huquqiy himoya qilish umumiy tizimiga a’zo bo‘lishi bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.

Mark Linskott 13—15-dekabr kunlari Toshkentda ilk bor tashrif bilan bo‘ldi. U bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va boshqa rasmiy shaxslar, Amerika biznesining O‘zbekistondagi vakillari bilan ham uchrashdi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga Davlat tashrifi mobaynida tashrif doirasida Janubiy Koreya tomoni O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashishini ma’loum qilgan edi. Shu munosabat bilan ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qabul qilinishida, xususan, mazkur tashkilotga a’zo bo‘lishning natijasini baholash, milliy qonunchilikning Jahon savdo tashkiloti kelishuvlari talablariga mosligi ekspertizasi hamda texnik, konsultativ va manfaatdor vazirlik va tashkilotlarga mutaxassislar ko‘magini berish yo‘llari orqali Koreya Respublikasining qo‘llab-quvvatlashi bo‘yicha memorandum va Yo‘l xaritasi imzolangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring