Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh qahriga uchragan neft giganti Venesueladan xodimlarini chaqirib oldi

AQSh qahriga uchragan neft giganti Venesueladan xodimlarini chaqirib oldi

Foto: «Getty Images»

Fransiyaning «Total» neft-gaz kompaniyasi Venesueladan barcha xodimlarini olib chiqdi, kompaniyaning AQSh dagi hisobraqamlari esa sanksiyaga tushib, yopib qo‘yildi. Bu haqda «Total» rahbari Patrik Puyanga asoslanib «Reuters» agentligi xabar berdi.

«Biz uchun eng muhimi — xodimlarimizning xavfsizligi. Shuning uchun ham dushanbadan boshlab ularning barchasini Venesueladan olib chiqdik», — dedi Patrik Puyan.

Venesuelada fransuz kompaniyasining kamida 50 nafar mutaxassisi geologiya-qidiruv ishlari bilan shug‘ullanib kelayotgandi. Endi kompaniya Venesueladagi ishlarini AQSh dan emas, Yevropadan turib boshqaradi.

«Total» kompaniyasi AQSh sanksiyalari sababli ilgari Eronni tark etishga majbur bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring