Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Qurolli kuchlari generali: «Suriyadagi amaliyotlar Rossiyaga qurollarini sinovdan o‘tkazish imkonini beradi»

AQSh Qurolli kuchlari generali: «Suriyadagi amaliyotlar Rossiyaga qurollarini sinovdan o‘tkazish imkonini beradi»

AQSh harbiy-dengiz kuchlari korpusi qo‘mondoni general Robert Neller.

Foto: «Ejercitos.org»

Rossiya Suriyadagi amaliyotlardan mudofaa tizimlarini haqiqiy jangovar vaziyatda sinab ko‘rish va baholash uchun foydalanmoqda. Chunki unda xuddi Xitoy kabi so‘nggi yillarda urushlarda ishtirok etib tajriba orttirish imkoni bo‘lmagan. Bu haqda 7-mart kuni AQSh harbiy-dengiz kuchlari korpusi qo‘mondoni general Robert Neller AQSh kongressi vakillar palatasining mablag‘lar bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

«Men ular Suriyadagi amaliyotlardan o‘zlarining mudofaa tizimlarini haqiqiy jangovar holatlarda sinab ko‘rish maqsadida foydalanayotganiga aminman. Xuddi Xitoy kabi ularda ham bizda 17 yildan buyon davom etib kelayotgan urush tajribasi yo‘q. Shunga qaramay, ular (Rossiya va Xitoy) bilan bo‘ladigan urush biz (AQSh) ishtirok etgan urushlardan farq qilgan bo‘lar edi», — dedi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring