Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh razvedkasi: Lukashenko Rossiyaning Belarusga ta’sirini to‘xtatish uchun G‘arb bilan munosabatlarini normallashtirmoqchi

AQSh razvedkasi: Lukashenko Rossiyaning Belarusga ta’sirini to‘xtatish uchun G‘arb bilan munosabatlarini normallashtirmoqchi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.

Foto: «Change.org»

«Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyani mamlakatga ta’sirini to‘xtatish uchun Minsk va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solmoqchi», — degan seshanba kuni AQSh Milliy razvedkasi direktori Daniyel Kouts.  Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko xavfsizlik sohasida Moskva bilan yaqin hamkorlikni davom ettiradi. Biroq u Rossiyaning ta’siriga tushib qolmaslik uchun G‘arb bilan ham munosabatlarini normallashtirishga urinishda davom etadi», — deyiladi Koutsning AQSh kongressi senatining razvedka qo‘mitasi uchun tayyorlangan nutqida.

Koutsning nuqtai nazari bo‘yicha, Rossiya «Belarusni o‘zi bilan NATO orasidagi muhim bufer zona sifatida ko‘radi». Rossiya «Minsk bilan G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarda har qanday potensial iliqlikning oldini olishga harakat qiladi», — deydi AQSh Milliy razvedkasi direktori.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring