Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh rus oligarxlariga qarshi sanksiyalar kiritadi

AQSh rus oligarxlariga qarshi sanksiyalar kiritadi

Foto: «EUobserver»

Bugun, 6-aprel kuni AQSh hukumati rossiyalik biznesmen va siyosatchilarga qarshi sanksiyalar kiritishini ma’lum qildi. Bu haqda «Wall Street Journal» gazetasi xabar qilmoqda.

Sanksiyalar, Qo‘shma Shtatlarning fikricha, 2016-yilgi prezidentlik saylovlariga aralashgan Rossiya hukumati bilan yaqin aloqada bo‘lgan oligarxlarga qarshi qo‘yiladi.

«Prezident Tramp ma’muriyati Rossiya elitasining ayrim vakillariga sanksiyalar kiritishni mo‘ljallamoqda. Bu safar oligarxlar, siyosatchilar va prezident Putinning ittifoqchilarga qarshi cheklovlar qo‘yiladi», — deb yozadi nashr.

«Bloomberg» agentligi o‘z navbatida, yangi sanksiyalar olti nafardandan o‘ntaga qadar oligarxlarga qarshi qaratilishini qayd etgan. Ammo AQSh bu haqda yakuniy qarorni qabul qilganicha yo‘q.

«NBC» telekanalining aniqlik kiritishicha, bular Putin bilan aloqada bo‘lgan kishilar ekanligi aytilmoqda.

Avvalroq, AQSh cheklovlarni kengaytirib, rossiyalik 13 nafar amaldorga qarshi sanksiyalar kiritgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring