Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh sog‘liqni saqlash vaziri iste’foga chiqdi — koronavirus sababchi emas

AQSh sog‘liqni saqlash vaziri iste’foga chiqdi — koronavirus sababchi emas

Foto: «U-f.ru»

AQSh sog‘liqni saqlash vaziri Aleks Azar iste’foga chiqdi. CNN telekanali xabar berishicha, Azar Vashingtondagi tartibsizliklar sababli o‘z lavozimidan ketishga qaror qilgan.

Jurnalistlarga bergan intervyusida Aleks Azar tartibsizliklar Amerika «demokratik tizimiga hujum» ekanini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu voqealar Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp ma’muriyati yutuqlariga qora dog‘ bo‘lib tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 6-yanvar kuni, ovoz berish natijalaridan norozi Tramp tarafdorlari 2020-yilning 3-noyabridagi Jo Baydenning g‘alabasini ifodalovchi yakuniy natijalar Amerika Kongressi tomonidan ko‘rib chiqilishi jarayoniga xalaqit berishga urinishgan. O‘sha tartibsizliklarda bir necha halok bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring