Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh sudi Trampning immigratsiya haqidagi farmoni musulmonlarning huquqlarini buzgan deb qaror chiqardi

AQSh sudi Trampning immigratsiya haqidagi farmoni musulmonlarning huquqlarini buzgan deb qaror chiqardi

Foto: «Sputnik»

Virjiniya shtati apellyasiya sudi payshanba kuni AQSh prezidenti Donald Trampning sentyabr oyida chiqargan immigratsiya haqidagi farmoni musulmonlarga nisbatan kamsituvchi va Amerika konstitutsiyasiga ziddir degan qarorga keldi. Mazkur farmonga asosan oltita islomiy mamlakat fuqarolarining AQShga kirishi vaqtincha taqiqlangan edi. Bu haqda «Reuters»ga tayanib TASS xabar bermoqda.

«Prezident Tramp va boshqa ijro etuvchi hokimiyat organlari rasmiylarining bayonotlarini va deklaratsiyaning o‘zini (immigratsiya haqidagi farmon — TASS izohi) o‘rganib chiqqach, biz ushbu deklaratsiyada islomga nisbatan dushmanlik unsurlariga ega degan xulosaga keldik va shuning uchun ushbu deklaratsiya konstitutsiyaga ziddir», — deyiladi sudya Rojer Gregorining qarorida.

O‘tgan yil yanvar oyida o‘z vazifasini bajarishga kirishganidan so‘ng Tramp Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolari Qo‘shma Shtatlarga kirishini 90 kunga taqiqlash to‘g‘risida farmonga imzo chekdi. Keyinchalik Iroq bu ro‘yxatdan chiqarildi. Bir qancha federal sudlar ushbu farmonni bekor qilishga qaror qilishdi. Iyun oyida AQSh Oliy sudi uning amal qilishini qisman tikladi.

Sentyabr oyida Tramp cheklov qo‘yiluvchi mamlakatlar ro‘yxatiga o‘zgartish kiritilgan yangi farmonni imzoladi. Ushbu ro‘yxatga Venesuela, Shimoliy Koreya va Chad qo‘shildi, lekin Sudan chiqarildi. Mazkur hujjat kuchga kirishidan bir kun oldin Havayi shtati hukumati talabi bilan Honolulu federal sudi tomonidan to‘xtatib qo‘yildi.

Noyabr oyida San-Fransiskodagi (Kaliforniya shtati) AQShning to‘qqizinchi okrug apellyasiya sudi ushbu farmonning qisman kuchga kirishiga ruxsat berdi. Sud AQSh hukumati agar Amerikada oilaviy aloqaga ega bo‘lmasa, asosan musulmon aholiga ega bo‘lgan oltita mamlakat — Eron, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Chad fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlab qo‘yishi mumkinligi haqida qaror chiqardi. Dekabr oyida Oliy sud immigratsiya haqidagi farmonni qayta tikladi, ammo bu boradagi ishlar hali yakunlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring