Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh yana «boshladi»: Dushanbadan Rossiyaga yangi sanksiyalar joriy etiladi

AQSh yana «boshladi»: Dushanbadan Rossiyaga yangi sanksiyalar joriy etiladi

Oq uy.

Foto: «korrespondent.net»

AQSh Suriyadagi voqealar tufayli Rossiyaga qarshi yana yangi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQShning BMTdagi vakili Nikki Xeylining so‘zlariga asoslanib, «CBC News» telekanali xabar qilgan.

Xeylining so‘zlariga ko‘ra, AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin bu haqdagi qarorni 16-aprel kuni e’lon qiladi. Xeyli cheklovlar Suriya hukumatiga kimyoviy qurollarni ishlab chiqarishda qo‘llanadigan asbob-uskuna va texnologiyalarni yetkazib bergan korxonalarga qarshi joriy etilishini ma’lum qilgan.

14-aprel kuni AQShning Suriyaga raketa hujumi asnosida prezident Donald Tramp Rossiyaga murojaat qilib, ruslar «Suriya hukumati tomonidan kimyoviy qurollar qo‘llanishini to‘xtatish» haqidagi va’dasini bajarmaganini aytgandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring