Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda bog‘cha bolasi toshbo‘ron qilindi

AQShda bog‘cha bolasi toshbo‘ron qilindi

AQShda bir bog‘cha tarbiyachisi 4 yoshli bolani jazolash uchun uni tengqurlariga toshbo‘ron qildirdi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Bu voqea Arkanzas shtatida sodir bo‘ldi. To‘polon qilgan bolaga tarbiyachining jazo berish maqsadida qo‘llagan usuli odamiylikdan mutlaqo yiroq.

To‘rt yoshli bolani 6 nafar tengquri tarbiyachi bergan toshlar bilan toshbo‘ron qilgan. Bu jarayon boshqa tarbiyachilar tomonidan maxfiy ravishda qo‘l telefoni orqali tasvirga tushirilib, politsiyaga berilgan.

Toshbag‘ir tarbiyachi ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring