Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda Tramp haqida film ishlanadi

AQShda Tramp haqida film ishlanadi

Foto:«KTSA»

Amerikalik jurnalist Gabriyel Sherman AQSh prezidenti Donald Tramp haqidagi film ssenariysi ustida ish boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Tramp ishtirok etgan realiti-shouga atab «O‘quvchi» deya nomlangan ushbu kartina amerikalik milliarderning prezidentlikka qadar bosib o‘tgan yo‘li haqida bo‘ladi.

«Jurnalist sifatida men Donald Tramp haqida 15 yildan buyon yozib kelaman. 1970 — 1980-yillarda Nyu-Yorkning shafqatsiz olamiga tushib qolgan yosh milliarderning hikoyasi meni anchadan beri o‘ziga tortadi. Bu davr ayni damda Oq uy egasiga aylangan inson haqida ko‘p narsa ayta oladi», — deydi Sherman.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring