Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda Trampning prezident sifatidagi reytingi pastladi

AQShda Trampning prezident sifatidagi reytingi pastladi

Foto:«nymag.com»

Donald Trampning AQSh prezidentligi borasidagi faoliyatiga nisbatan ijobiy e’tirof darajasi pastladi.«Interfaks» xabariga ko‘ra, bu boradagi e’tirof darajasi 39 foizga tushgan, bu haqda «NBC News» va «The Wall Street Journal» ning hamkorlikdagi so‘rovlari natijalarida ma’lum qilingan.

Shuningdek, 57 foiz respontentlar uning Prezident sifatidagi faoliyatini ma’qullamasligini bildirgan. AQSh Prezidenti reytingi AQSh demokratik partiyasini qo‘llab quvvatlovchilar orasida ham, AQSh Respublikachilar partiyasini yoqlovchilar orasida ham tushgan. Bir oy avval uning prezident sifatidagi faoliyatiga ijobiy qarovchilar 43 foizni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘rov 6-apreldan 11-aprelgacha bo‘lgan muddat ichida 900 nafar voyaga yetgan amerikaliklar orasida o‘tkazilgan.  Shu bilan birga, «The Washington Post» va «ABC News» so‘rovlariga ko‘ra, uning reyting bo‘yicha e’tirofi 40 foiz ekani ma’lum qilingan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring