Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda yarim million dollar yerga sochilib ketdi

AQShda yarim million dollar yerga sochilib ketdi

Foto:«Daily Mail»

AQShning Indianapolis shtati yaqinida inkassator avtomobilidan yarim million dollar naqd pul sochilib ketdi. Bu haqda «Korrespondent.net» ma’lum qilmoqda. Hodisa haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqda tarqalib ketgan, keyin esa shtat politsiyasi ham rasmiy ma’lumot e’lon qilgan.

Aytilishicha, mashinadan 600 ming dollar sochilib ketgan. Politsiyaning izoh berishicha, harakat paytida mashinaning eshigi ochilib ketib, pul xaltalari tushib qolgan. Zarba natijasida xaltalar yorilib, pullar sochilgan.

Yo‘ldagi pullar ko‘pchilikning e’tiborini tortib, haydovchilar mashinalarini tashlab pul tera boshlagan. Xabar qilinishicha, ba’zilar butun xaltalarni ham olib ketgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar odamlarni pullarni qaytarishga majbur qilishgan. Politsiya avariyadan so‘ng pul yiqqan odamlar o‘g‘irlikda ayblanishini ma’lum qilib, ularni pulni qaytarishga chaqirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring