Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShdagi prezident saylovlarida marhumlar ham ovoz berishmoqda

AQShdagi prezident saylovlarida marhumlar ham ovoz berishmoqda

Foto: «New York Post»

Nyu-Yorkda AQSh prezidenti saylovlarida bir qancha holatlarda marhumlarning ham ovoz bergani qayd etildi, deb yozadi «New York Post» gazetasi.

24-sentyabrdayoq saylov komissiyasi Frensis Rekxovning iltimosga binoan byulleten yuborgan. 8-oktyabrda javob tariqasida to‘ldirilgan shaklini qabul qilib olgan. Biroq keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ayol 2012- yildayoq vafot etgan ekan.

Shunga o‘xshash hodisa Gertruda Nizzerning byulleteni bilan ham sodir bo‘ldi: u bu yil 101 yoshni qarshilagan bo‘lardi. Uning iltimosiga ko‘ra komissiya unga byulleten yuborgan. Biroq tekshirilganda ayolning hayot emasligi fosh bo‘ldi.

«Bu aysbergning faqat uchi ekanligini bilamiz. Biz Nyu-York politsiyasi va tuman prokuroridan tekshiruvni boshlashlarini  talab qildik», — deya «New York Daily News» gazetasiga Respublikachilar partiyasining Steyten-Aylenddagi bo‘lim rahbari Brendan Lentri ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring