Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShdagi saylov jarayonida «Facebook»ka Rossiyaning 3500 ta reklamasi joylashtirilgan

AQShdagi saylov jarayonida «Facebook»ka Rossiyaning 3500 ta reklamasi joylashtirilgan

Foto:«wirtualnemedia.pl»

AQSh Demokratik partiyasi razvedka qo‘mitasi a’zolari 2016-yilda AQShda prezident saylovi jarayonida Rossiyaning Amerika fuqarolariga «Facebook» orqali bosim o‘tkazgani haqidagi hisobotni e’lon qildi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Hisobotda Rossiyada faoliyat yuritayotgan «Internet Research Agency» (Internet tadqiqotlari agentligi) firmasi «Facebook»ka 3500 ta reklama joylashtirib, ommaga e’lon qilgan.

Internet tadqiqotlari agentligi «Facebook»da 470 sahifa ochib, bular orqali 80 ming kontent tuzgan. 3519 ta reklama 11 million, 80 ming kontent esa 126 million amerikalik «Facebook» foydalanuvchisini chalg‘itgan.

Reklamalar mazmuniga AQShdagi irqchilik, migratsiya va noqonuniy qurol-yaroq aylanishi singdirilgan.

«Rossiya saylov jarayonida ommaviy ijtimoiy tarmoqlar orqali AQShda xiyonat urug‘larini ekishga harakat qildi», – dedi senator Adam Shiff.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring