Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShlik zaxiradagi zobit musulmon bo‘ldi

AQShlik zaxiradagi zobit musulmon bo‘ldi

Foto:«Star Gazetesi»

Turkiyaning Mersin viloyati Erdemli tumanida yashovchi amerikalik zaxiradagi zobit Andrey Miller Todd musulmon bo‘lib, otini Salohiddin deya o‘zgartirdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Todd turmush o‘rtog‘i Meral bilan Erdemli tumani bosh imom-xatibining oldiga borib, musulmon bo‘lishini aytgan. Bosh imom Mahmud Somiy guvohligida Todd va uning turmush o‘rtog‘i kalimai shahodat keltirib, musulmon bo‘lgan.

«Ancha yillardan beri dinlarni chuqur o‘rgandim, Tavrot va Injilni o‘qib chiqdim. Qur’oni karimni ham o‘qib chiqib, undan huzur-halovat topdim. Juda ko‘p savollar meni qiynar edi. Shu savollarga Qur’oni karimdan javob topdim», – degan Salohiddin.

Salohiddinning eng katta orzusi – hajga borish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring