Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShning Afg‘oniston bo‘yicha yangi maxsus vakili tayinlandi

AQShning Afg‘oniston bo‘yicha yangi maxsus vakili tayinlandi

Foto: «aa.com.tr»

AQShning Afg‘oniston bo‘yicha yangi maxsus vakili lavozimiga Amerikaning Afg‘onistondagi sobiq elchisi Zalmay Xalilzod tayinlandi, deya xabar beradi «Anado‘lu» axborot agentligi.

AQSh Tashqi ishlar vaziri Mayk Pompeo Pokiston va Hindistonga ketayotib jurnalistlarga Amerikaning sobiq elchisi Zalmay Xalilzod AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlanganini ma’lum qildi.

Zalmay Xalilzod kichik Jorj Bush prezidentligi davrida Amerikaning Afg‘onistondagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan.

Xalilzod AQShning Iroqdagi elchisi ham bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring