Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShning Afg‘oniston bo‘yicha rejasi qanday?

AQShning Afg‘oniston bo‘yicha rejasi qanday?

Foto: «News Front»

Amerikaning Afg‘onistondagi kontingenti teng yarmiga qisqaradi — bu haqda Pentagondagi manba «Military.com» portaliga ma’lum qilgan. Amerikaliklar afg‘on zaminini to‘liq tark etmaydi, chunki «Tolibon» jangarilarini nazoratda tutib turish kerak. AQSh mudofaa vazirligi vakilining aytishicha, 2019-yil oxiriga qadar Afg‘onistondan 7 ming nafar amerikalik harbiy olib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Donald Tramp AQSh Suriyadagi harbiy harakatlardan chiqishini e’lon qilganidan so‘ng OAVda «amerikacha chiqish»ning ikkinchi bosqichi — Afg‘oniston haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Afg‘onistondagi armiyasi uchun yiliga 45 milliard dollar sarflamoqda.

Ayni paytda Afg‘onistonda 14 ming nafar amerikalik harbiy bor. Ularning to‘liq olib chiqilishi haqida AQSh rasman bayonot bergan emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring