Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShning halokatga uchragan ilk aviatashuvchi kemasi topildi (video)

AQShning halokatga uchragan ilk aviatashuvchi kemasi topildi (video)

Kadr: «Youtube»

Ikkinchi jahon urushi vaqtida cho‘kib ketgan, ushbu tipdagi birinchi aviatashuvchi hisoblangan AQShning «Leksington» kemasining qoldiqlari Avstraliya qirg‘oqlaridan topilgan. Bu xususda «Yevronyus» telekanali xabar bermoqda.

Pol Allen boshchiligidagi ekspeditsiya kemaning cho‘kkan joyini yarim yil davomida qidirgan. 3 kilometr chuqurlikda joylashgan kema korpusi yaxshi saqlangan bo‘lib, kemaning nomi hamda samolyotlarning raqamlari va identifikatsiya (aniqlovchi) belgilari aniq ko‘rinib turibdi.

«Leksington» 1925-yilda yasalgan bo‘lib, o‘z vaqtida 70 ta samolyotni tashiy olgan.

Ekspeditsiyaning suvosti operatsiyalari rahbari Robert Kraftning aytishicha, kema tijoriy nuqtai nazardan olib qaraganda hech narsaga arzimasa-da, ammo tarixiy va arxeologik nuqtai nazardan u yaxshi topilma. Uning aytishicha, kema bortida bugungi kunda muzeylarda ham topilmaydigan noyob samolyotlar saqlanib qolgan.

Kema 1942-yilning 4-8-may kunlari Tinch okeanidagi Marjon dengizida o‘tgan jangda yapon dengiz harbiy kuchlarining hujumlari oqibatida kuchli zarar ko‘radi. Kema ekipaji evakuatsiya qilinadi va yonayotgan kema dengiz tubiga g‘arq bo‘ladi. Mazkur jangda AQSh 3 ta, Yaponiya esa 5 ta kemasini yo‘qotadi. Lekin taktik g‘alaba Imperator flotiga nasib etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring