Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Arab davlatlari Suriyaga aviaqatnovni tiklashga kirishdi

Arab davlatlari Suriyaga aviaqatnovni tiklashga kirishdi

Foto: «NovostiNK.ru»

BAA, O‘mon va Bahrayn aviakompaniyalari Suriya poytaxti Damashqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni tiklamoqchi. Bu haqda Damashq aeroporti bosh direktori Shafa Nuriyga tayanib «SANA» agentligi xabar tarqatdi.

Nuriyning aytishicha, «Oman Air» aviakompaniyasi vakillari Damashq xalqaro aeroportiga kelib, uning texnik holati bilan tanishishga ham ulgurgan. Shuningdek, Bahraynning «Gulf Air» va BAAning «Etihad» aviakompaniyalari ham Damashqqa parvozlarni tiklashga tayyorgarlik doirasida poytaxt aeroportining texnik holati haqida ma’lumot so‘ragan.

Ayni payda Damashqdan BAAga parvozlarni «Syrian Air» va «Cham Wings» kompaniyalari amalga oshirmoqda. Shuningdek, «Syrian Air» Bahraynga ham reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Damashqdan O‘monga esa BAA orqali borish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring