Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Armanistonlik IT-mutaxassislar O‘zbekistonda malaka oshirishi mumkin

Armanistonlik IT-mutaxassislar O‘zbekistonda malaka oshirishi mumkin

Foto: «Mitc.uz»

30-oktyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari B.Olmatov Armaniston Respublikasi yuqori texnologiyali sanoati vazirining o‘rinbosari Gegam Levonovich Vardanyan bilan uchrashdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlik ulkan salohiyatga ega ekanini qayd etishdi va o‘zaro manfaatli bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarda sheriklikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

O‘zbekistondagi soha oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash va IT-mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, ekspertlar darajasida muzokaralarni davom ettirish uchun hamkorlikdagi ishchi guruhini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring