Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Arsen Venger «Arsenal»dan ketishini e’lon qildi

Arsen Venger «Arsenal»dan ketishini e’lon qildi

Foto: «Eurosport»

«Arsenal» klubi bosh murabbiyi Arsen Venger o‘z lavozimini tark etadi.

68 yoshli fransiyalik mutaxassis mavsum yakuniga yetgandan so‘ng London klubini tark etishini e’lon qildi.

«Klub bilan uzoq muhokamalardan so‘ng, chuqur o‘ylab ketish vaqti kelganini his qildim. Mavsum tugagach «Arsenal»ni tark etaman.

Men ushbu klub bilan uzoq va esda qolarli damlarni boshimdan o‘tkazganimdan mamnunman. Men jamoani fidoyilik va adolatli boshqardim.

«Arsenal» muxlislari klubning qadri haqida qayg‘uradilar. Mening muhabbatim hamisha «Arsenal» bilan», – deyiladi Vengerning bayonotida.

Venger «Arsenal»da 1996-yildan buyon ishlab kelmoqda. U uch marta Angliya chempioni, 7 bor mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan. U uch marta APLning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan, 4 marotaba esa Yevroda yil murabbiyi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring