Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arshavin sobiq xotinini qamoqqa tiqmoqchi

Arshavin sobiq xotinini qamoqqa tiqmoqchi

Foto: «Argumenti Nedeli»

Rossiyalik taniqli futbolchi Andrey Arshavin ustidan sobiq xotini Alisa politsiyaga murojaat etdi. Ayolning aytishicha, sobiq eri qachonlardir unga bergan pulini qaytarishni talab qilayotir, aks holda, ustidan «ish» ochdirib, qamoqqa tiqib yuborish bilan tahdid qilmoqda. «Minib yurgan «Mercedes GL 350» mashinamni-ku allaqachon tortvoldi», — deya yozg‘iradi Alisa xonim.

Politsiya ayni paytda ayolning shikoyatini o‘rganyapti. Agar ayblovlar isbotini topsa, Arshavinga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin.

Ardrey Arshavin Peterburgning «Zenit» va Londonning «Arsenal» klubidagi o‘yinlari bilan millionlab ishqibozlarning mehrini qozongan futbolchi. O‘z vaqtida Rossiya terma jamoasining yetakchisi edi. Keyingi ikki yilni Qozog‘istonning «Qayrat»ida o‘tkazgach, faoliyatini yakunladi. Uning maydon tashqarisidagi hayoti ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgani ham ko‘plarga sir emas. Xususan, tungi bazmlardagi sarguzashtlari oshkor bo‘lgach, xotini bilan yo‘llari ayro tushdi. Buning oqibati hamon davom etayotgan ko‘rinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring