Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Asabi bo‘shlar ko‘rmasin: qimmatbaho «Ferrari»ni yanglishib metallolomga topshirib yuborishdi (video)

Asabi bo‘shlar ko‘rmasin: qimmatbaho «Ferrari»ni yanglishib metallolomga topshirib yuborishdi (video)

Foto: «Autocentre.ua»

Bu voqea Buyuk Britaniyada sodir bo‘ldi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari yanglishib «Ferrari 458 Italia»ni metallolomga topshirib yuborishdi.

Mahalliy 30 yoshli tadbirkor Zohidxon mashinasini Birmingem sudi binosi yonidagi yo‘lakda qoldirgandi (sudda firibgarlikda ayblanayotgan ushbu tadbirkorning ishi ko‘rilayotgandi). To‘xtash mumkin bo‘lmagan joyga qo‘yilgan mashinani payqagan politsiya xodimlari uni evakuatorda olib ketishadi.

Keyin esa voqealar rivoji kutilmagan o‘zanga burilib ketdi: supermashinani o‘g‘irlangan deb «o‘ylagan» politsiyachilar uni utilizatsiyaga topshirib yuborishdi... O‘z «Ferrari»sini olib ketishga kelgan Zohidxonga esa sug‘urta hujjatlari yo‘qligi bois mashina yo‘q qilinganini aytishadi.

Tadbirkor yana sudga bormoqchi — bu safar u jabrlanuvchi rolida. U yetkazilgan zararni undirmoqchi. Ta’kidlash kerakki, eski mashinalar bozorida «Ferrari 458 Italia»ning o‘rtacha narxi 250-300 ming dollar atrofida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring