Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asl o‘zbekona kelin-kuyov!

Asl o‘zbekona kelin-kuyov!

«Xabar.uz» fotokollaji.

Foto: «xabar.uz»

Registonda oddiy mashinada, dabdabasiz, vasvasasiz, o‘zbekona kiyimda kelgan haqiqiy o‘zbek kelin-kuyovni ko‘rdim. "Bo‘lar ekan-ku?!" deb yubordim.

O‘zlikka qaytayotgan yoshlarimiz.

Keyin duo qildim:

– Ilohim, Baxtli bo‘lishsin! Qolgan o‘zbek yigit-qizlari ham ulardan o‘rnak olishsin! Qizlar kimlardir kiygan, o‘zbekka hech yarashmaydigan, operachilarga yarashadigan xorijning ko‘ylaklarini kiyishmasin! Yigitlar taqib o‘rganmagan bo‘lsa, bo‘yni qisilib, umrida bir marta bo‘yinbog‘ taqmasin!

Baxt xorij kiyimini kiyishda, xorij mashinasiga 2 soat minishda emas! O‘zimizning o‘zbekona liboslardagi kelin-kuyovlar, baxtingizga ko‘z tegmasin!

Karimberdi To‘ramurod, «Xabar.uz»ning maxsus muxbiri. Samarqand shahri.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring