Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliya Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan oldi

Avstraliya Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan oldi

Foto:«Al Jazeera»

Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison Quddus shahri rasmiy ravishda isroil poytaxti deya tan olinganini e’lon qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Avstraliya G‘arbiy Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan oladi»— deya ma’lum qilgan Morrison «SBS» telekanali orqali namoyish qilingan chiqishida.

Vazir shuningdek, Avstraliya hukumati  bu shaharda savdo va mudofaa vakolatxonasini ochish niyatida ekanligini bildirgan.

Avstraliyadan tashqari, AQSh, Gvatemala, Chexiya, Braziliya va Gonduras Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olgan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring