Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avstraliyalik «Formula-3» poygachisi bir o‘limdan qoldi (video)

Avstraliyalik «Formula-3» poygachisi bir o‘limdan qoldi (video)

Foto: «PlanetF1.com»

«Formula-3»ning taniqli poygachisi Aleks Peroni Italiya Gran-prisida dahshatli avariyaga uchradi. Avstraliyalikning bolidi burilishda yo‘ldan chiqib ketib, havoda bir necha marta aylanib, to‘siqqa borib urilgan.

Xayriyatki, Peroni omon qoldi, uni darhol tibbiy yordam olishga jo‘natishdi.

Bir hafta ilgari «Formula-2» musobaqasida 22 yoshli fransuz poygachisi Antuan Yuber halokatga uchragandi. Uning mashinasi qoq ikkiga bo‘linib ketgan, o‘zi esa olingan jarohatlar oqibatida halok bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring