Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobil oynalarini qoraytirish pullik bo‘lishi tasdiqlandi

Avtomobil oynalarini qoraytirish pullik bo‘lishi tasdiqlandi

Foto: «autoclub.su»

O‘zbekistonda avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat berilishi kutilayotgani va pulli bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Bu xabar o‘z tasdig‘ini topdi va qaror loyihasi regulation.gov.uz saytiga muhokama uchun qo‘yildi.

Loyihaga ko‘ra, avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat olish uchun to‘lovlar stavkasi jismoniy shaxslar uchun – eng kam ish haqining 90 baravari (15,5 mln so‘m), yuridik shaxslar uchun esa 120 baravari (20,6 mln so‘m) miqdorida belgilanishi mumkin. Xorijiy mamlakatlarning yuridik shaxslari uchun to‘lov eng kam ish haqinning 140 miqdorida (24,1 mln so‘m) bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Xorijiy davlatlarning oynasi qoraytirilgan transport vositalari O‘zbekistonga kiritilayotganida 15 dollar miqdorida yig‘im undirish ham taklif qilingan.

Eslatib o‘tamiz, «Mening fikrim» portaliga joylashtirilgan transport vositalari oynalarini qoraytirishga ruxsat berilishi taklif etilgan jamoaviy murojaat 8 kun ichida 10000dan ortiq ovoz to‘plab, Oliy Majlis palatalari ko‘rib chiqishga kiritilgan dastlabki petitsiyaga aylangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring