Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtomobil ustaxonasida chiqqan yong‘inda bir kishi tiriklayin yonib ketdi

Avtomobil ustaxonasida chiqqan yong‘inda bir kishi tiriklayin yonib ketdi

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida 10-dekabr kuni Mustaqil yurt ko‘chasida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida ustaxonaning 30 kv.m. maydonida tom qismi, ustaxona jihozlari zarar ko‘rgan.

Shuningdek, Ulug‘nor tumanida yashovchi A.N.ga tegishli «Damas» avtomashinasi yonib zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida shu ustaxona ishchisining kuygan jasadi topilgan. Yana bir ishchi kuyish jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, yong‘in avtomashinaning gaz ballonida payvandlash ishlari olib borilayotgan vaqtda alanga hosil bo‘lishidan kelib chiqqani aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring