Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtomobillar narxidagi o‘zgarishga «UzAuto Motors» izoh berdi

Avtomobillar narxidagi o‘zgarishga «UzAuto Motors» izoh berdi

Foto: «autostrada.uz»

«UzAuto Motors» kompaniyasi ko‘plab xaridorlar tomonidan yo‘llanayotgan va qiziqtirayotgan «avtomobil narxi oshdimi?» degan savolga javob berib, narxlardagi o‘zgarishlarni quyidagicha izohladi.

Qayd etilishicha, 2020-yildan boshlab «UzAuto Motors» AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi komplektatsiyalaridagi «Spark», «Cobalt», «Lacetti» avtomobillari jahon standartlariga oid texnik reglamentga amal qilgan holda ba’zi qo‘shimcha opsiyalar bilan jihozlanmoqda.

Shu bois mazkur opsiyalarning belgilangan narxi avtomobil narxiga qo‘shimcha sifatida qo‘shilgan. Ya’ni avtombil narxi qo‘shimcha opsiya o‘rnatilgani uchun biroz oshgan. 

Mazkur holat diler va  xaridor o‘rtasida tuziladigan shartnomaning 2.4 bandida ham keltirib o‘tilgan.

Shuningdek, shartnoma shartlariga ko‘ra, qo‘shimcha opsiyalar kiritish bilan bog‘liq ravishda avtomobil (tovar) narxi o‘zgargan taqdirda haridor o‘z xohishiga binoan to‘langan to‘lov summani qaytarish sharti bilan tovarni qabul qilishdan voz kechishi, qiymatdagi farqni to‘lashi yoki tovarni yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan boshqa model va modifikatsiyadagisiga almashtirishni talab qilish huquqiga ega.

Yuqoridagi jadvalda qo‘shimcha opsiyalar, ularning turi va narxi bo‘yicha batafsil ma’lumot keltirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring