Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobillar tirbandligi bo‘yicha yetakchi shaharlar (reyting)

Avtomobillar tirbandligi bo‘yicha yetakchi shaharlar (reyting)

Foto: «Autonews»

«INRIX» kompaniyasi 2018-yili dunyoning qaysi shaharlari ko‘chalarida eng ko‘p avtomobillar tirbandligi yuzaga kelganini aniqladi.

Rossiya poytaxti — Moskva bu antireyting yetakchisiga aylandi. Sankt-Peterburg esa 9-o‘rinda.

Moskvalik haydovchilar 2018-yili o‘rtacha hisobda 210 soatni «probka»larda yo‘l poylab o‘tkazishdi, tirbandliklarda harakatlanish tezligi esa o‘rtacha 22,3 km/soatni tashkil etdi.

Istanbullik har bir haydovchi (2-o‘rin) o‘tgan yili tirbandliklarni deb o‘rtacha 157 soatdan yo‘qotdi.

«Bronza medal» Kolumbiya poytaxti Bogotaga nasib etdi. Garchi kolumbiyalik haydovchilar vaqt yo‘qotishda «chempion» (272 soat) bo‘lishsa-da, boshqa ko‘rsatkichlar sabab ular uchinchi o‘rin bilan «qanoatlantirildi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring