Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobillarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun undiriladigan to‘lovlar o‘zgardi

Avtomobillarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun undiriladigan to‘lovlar o‘zgardi

Foto: «Norma.uz»

Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun undiriladigan to‘lov stavkalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Unga ko‘ra, to‘lovlar eng kam oylik ish haqiga nisbatan foizlarda yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun alohida, transport vositasining toifasidan kelib chiqib belgilangan.

Agar jismoniy shaxslarga tegishli yengil (M 1 toifadagi) avtotransport vositalari tadbirkorlik sub’yektlari — yuridik shaxslar tomonidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilsa, mazkur to‘lov Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan undirilmaydi. Bunday hollarda viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan belgilanadigan to‘lovlar undiriladi.

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan undiriladigan, jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalari uchun belgilangan to‘lov 2019-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring