Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtosalon direktori pora ustida qo‘lga olindi

Avtosalon direktori pora ustida qo‘lga olindi

Foto: «avtotexxizmat.uz»

Toshkent shahar IIBB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi pora evaziga avtomobil taklif qilgan shaxslarni qo‘lga olish boyicha operatsiya o‘tkazdi.

Boshqarmaning Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga kiritilgan ma’lumotga ko‘ra, poytaxtlik ikki shaxs «Nexia-3» rusumli avtomobilni 3 ming AQSh dollari ustama haqi evaziga qisqa muddatda yetkazib berishni taklif qilgani ma’lum bo‘lgan. Ulardan biri bevosita shu sohaga aloqador shaxs ekanligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida talab qilingan summani olayotgan vaqtda ijtimoiy fondlardan birining ishchisi, 63 yoshli Abror.G. (ism o‘zgartirilgan) hamda uning sherigi – «O‘zavtotexxizmat» MChJ avtosalonlaridan birining direktori Muhammadali.U. (ism o‘zgartirilgan) qo‘lga olindi.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168 modda 2-qismi («firibgarlik») va 211 modda 2-qismi («pora berish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar 3

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring