Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtotransport uchun davlat boji kamaytirildi. Nima o‘zgardi?

Avtotransport uchun davlat boji kamaytirildi. Nima o‘zgardi?

«Avtotransport bilan bog‘liq shartnoma va ishonchnomalarni notarial tasdiqlash bo‘yicha davlat bojlari o‘zgartirilganligi haqida ma’lumot bersangiz».

— Inson hayotida har kuni turli amaliyotlarga duch kelishi tabiiy. Kimdir yangi uy, kimdir mashina sotib oladi. Tabiiyki, bu oldi-berdilarni notarial idora orqali rasmiylashtirgach, mulk egasi ekanligini his etib, xotirjam bo‘ladi. Avval bu boradagi qonunchilikning afzal tomonlari bilan birga fuqarolarga malol keladigan jihatlari ham yo‘q emas edi. Masalan, avtotransport bilan bog‘liq ishonchnomalarni yaqin qarindoshga notarial tasdiqlash uchun davlat boji 2018-yil 1-martgacha 172240 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 123-qaroriga binoan 1-martdan boshlab 86120 so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, avtomashinani boshqarish yoki sotish huquqi bilan ishonchnomalarni yaqin qarindoshlarga berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari, begona shaxslarga berganlik uchun esa eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida davlat boji undirilishi belgilandi. Bunda boj miqdori 1,7 baravar arzonlashdi; avtomashinalarning oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun boj, avtomashina chet elda yoki mamlakatimizda ishlab chiqarilganligidan qat’i nazar, bir xil belgilandi va uning miqdori o‘rtacha 2-5 baravar arzonlashdi.

Shuningdek, ushbu qaror bilan avtotransport oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlaganlik uchun davlat boji stavkalari ham keskin kamaytirildi. Masalan, joriy yilning 1-martigacha ishlab chiqarilganiga uch yildan oshmagan «Matiz» mashinasi uchun 843976 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 1-martdan boshlab, 688960 so‘m boj undiriladigan bo‘ldi. «KamAZ» mashinasining oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlaganlik uchun boj 1-martgacha 3617040 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 1-martdan boshlab 1722400 so‘m etib belgilandi.

Tohir Ergashev,

notarius

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring