Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Axborot xavfsizligi bo‘yicha eng kuchli mutaxassislar Toshkentda yig‘iladi

Axborot xavfsizligi bo‘yicha eng kuchli mutaxassislar Toshkentda yig‘iladi

Poytaxtdagi Xalqaro biznes markazida 22-23-noyabr kunlari «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik muammolari» mavzusida respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Konferensiyaga davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining axborot kommunikatsiya texnologiyalariga mas’ul shaxslari hamda AKT va AX boshqarma, bo‘lim boshliqlari, AX mas’ul shaxslari taklif etilgan.

O‘zbekistonlik dasturchilar bilan birgalikda xorijiy vendorlar, kompaniyalarning ekspertlari ham ushbu tadbirga taklif etilganligi unda ko‘tariladigan masalalar o‘ta muhimligini tasdiqlaydi.

Tashkilotchilarning xabar berishicha, konferensiyada korporativ axborot xavfsizligi masalasiga ko‘proq urg‘u berilib, tashkilotlarga yechimlarni topishda dasturiy yoki texnikaviy ko‘mak berish muhokama qilinadi.

Tashkilotchilar — Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, «UNICON.UZ» DUK.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring