Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelinini kaltaklagan surxondaryolik erkakka sud jazo tayinladi

Kelinini kaltaklagan surxondaryolik erkakka sud jazo tayinladi

Surxondaryodagi ayolning kaltaklanish holati bo‘yicha IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilayotgani xabar qilingandi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar berishicha, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan G. Xandalovning uy-joy masalasida S. Qayumovaga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi Denov tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Unga nisbatan Denov tuman sudining 7 maydagi qarori bilan MJtKning qator moddalari bilan aybli deb topilib, BHMning 50 baravari (12,2 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Tomonlarning uy-joy masalasidagi nizosi fuqarolik tartibida hal qilinishi tushuntirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring