Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iroqning Tarmiya shahrida jangarilar hujumi natijasida yetti kishi halok bo‘ldi

Iroqning Tarmiya shahrida jangarilar hujumi natijasida yetti kishi halok bo‘ldi

Foto:«AP»

«Iroq poytaxtidan shimolda joylashgan Tarmiya shahrida jangarilar hujumi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi», — deb xabar bermoqda «RIA Novosti».

«Al-Sumaria» telekanalining xavfsizlik kuchlaridagi manbasiga ko‘ra hujumni IShIDning yashirin bo‘linmalari amalga oshirgan. Hujum muayyan kishilarga qaratilgan bo‘lgan.

Shuningdek, u xavfsizlik kuchlari shaharga kirish va chiqish yo‘llarini yopgani va jangarilarni qidirishni boshlaganini ta’kidlagan.

Ammo Iroq xavfsizlik kuchlarining matbuot xizmati OAVning Tarmiyadagi hodisaga IShID terrorchi  guruhining aloqasi borligi haqidagi xabarini inkor qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring