Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahodir Jalolov raqibini birinchi raunddayoq ringga qulatdi

Bahodir Jalolov raqibini birinchi raunddayoq ringga qulatdi

Foto: «Olympic.uz»

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan og‘ir vaznli charm qo‘lqop ustasi Bahodir Jalolov bugun o‘zining navbatdagi jangida ringga ko‘tarildi. Bu haqda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. 

AQShning Kaliforniya shtati La Puente shahridagi «Industry Hills Expo Center» majmuasida o‘tkazilgan jangda bokschimizga amerikalik Valentin Markes raqiblik qildi.

 Bahodir jangning birinchi raundidayoq Markesni nokautga uchratdi va faoliyatidagi to‘rtinchi jangni ham muddatidan oldin yakunladi.

Shu tariqa, Bahodirning prof ringda o‘tkazgan janglari soni to‘rttaga yetdi. U barcha janglarini nokaut bilan yakunlagan. Valentin esa prof ringda 10ta jang o‘tkazgan. Beshta jangda g‘alaba (2tasi nokaut bilan) qozongan, 5ta jangda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Bahodirga qarshi bahsda u faoliyatidagi ilk nokautini qabul qilib oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring