Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahodir Jalolov finalda! Rossiyalik bokschi unga qarshilik ko‘rsata olmadi

Bahodir Jalolov finalda! Rossiyalik bokschi unga qarshilik ko‘rsata olmadi

Rossiyaning Yekaturinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim finalida Bahodir Jalolov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Musobaqani juda yuqori saviyada o‘tkazayotgan Bahodir yarim finalda mezbon jamoa vakili — Maksim Babaninni ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

Shu tarzda, to‘rt nafar bokschimiz JCh finaliga yo‘l oldi. Avvalroq Shahobiddin Zoirov, Miraziz Mirzahalilov hamda 20 yoshli Dilshodbek Ro‘zmetov finalga chiqqan edi. Yarim finalchilardan faqatgina Bobousmon Baturov bronza bilan cheklandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring