Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahorning qaynoq tadbiri — Tashkent Opera Festival-2022 tobora avj olmoqda!

Bahorning qaynoq tadbiri — Tashkent Opera Festival-2022 tobora avj olmoqda!

2022-yilda Toshkentda ko‘plab qiziqarli tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Maqsad — Toshkent shahri aholisining bo‘sh vaqtini mazmunli va voqea-hodisalarga boy o‘tkazishdir. Shuningdek, sayyohlarga xalqimiz madaniyati va san’atining eng sara namunalarini namoyish etish, ularda Toshkentdagi sayohati davomida eng yaxshi xotiralarni qoldirishdir.

6-10-may kunlari toshkentliklar va poytaxt mehmonlari betakror gullar bayrami go‘zalligidan bahramand bo‘lishdi, 8-may kuni esa Toshkent opera festivali boshlandi. 29-mayga qadar opera muxlislari Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona va O‘zbekiston Katta teatri oldidagi, «Yangi O‘zbekiston» istirohat bog‘i, xalqaro va mahalliy aeroportlar, metro stansiyalari, turli restoranlar va poytaxtning xiyobonlarida  bo‘lib o‘tadigan konsertlarda qatnashishlari va fleshmoblar ishtirokchisiga aylanishlari mumkin.

Opera festivali tadbirlar jadvali hamda barcha savollaringizga javob beradigan aloqa telefonlari Toshkent hokimligining rasmiy telegram kanalida mavjud.

Barchani soat 19:30da Tashkent Opera Festival-2022da kutamiz!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring