Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Balkonda osilib qolgan bolakayni qutqargan migrantga fuqarolik beriladi (video)

Balkonda osilib qolgan bolakayni qutqargan migrantga fuqarolik beriladi (video)

Foto: «The Australian»

Parijdagi balkonlarning birida osilib qolgan yosh bolakayni qutqargan malilik migrant Mamudu Gassamiga Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron mamlakat fuqaroligini berishini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda «BBC».

Videodan ko‘rishingiz mumkinki, Mamudu Gassami balkonda osilib qolgan 4 yoshli bolakayni qutqarish uchun 4 qavatga juda chaqqonlik bilan 40 soniyada yetib bordi.

Fransiyada qahramonga aylanib ketgan Mamuduni mamlakat Prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida qabul qildi va unga Fransiya fuqaroligi berilishini ma’lum qildi.

Mamudu prezident Makron qabulida.

Hodisa 26-may kuni tushdan so‘ng Parij shimolidagi ko‘chalardan birida sodir bo‘lgan.

Mamuduning aytishicha, bino oldida olomon to‘planib turgan vaqti ko‘chadan o‘tib ketayotgan bo‘lgan. Balkonda osilib turgan bolani ko‘rgach, uni darhol qutqarishga otlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring